Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Turkiya 2020-yil 10-iyundan boshlab 40 ta davlat, jumladan, O‘zbekiston bilan aviaqatnovlarni qayta tiklaydi. Bu haqda Turkiyaning NTV telekanali orqali mamlakat transport va infratuzilma vaziri Odil Karaismailo‘g‘lu ma’lum qilgan.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Xalqaro parvozlar Turkiyadan, xususan, Shimoliy Kipr Respublikasi, Bahrayn, Bolgariya, Qatar va Gretsiyaga amalga oshiriladi.

21-mayda Turkish Airlines aviakompaniyasi 10-iyundan boshlab xalqaro reyslarni amalga oshirilishini ma’lum qilgandi. Kompaniya samolyotlari mamlakatning 16 ta punktidan Yevropaning 16 ta shahriga parvozlarni amalga oshiradi.

Shuningdek, Turkiyada iyun boshidan ichki reyslarni amalga oshirishga ruxsat berilgandi. 1-iyundan boshlab plyajlar va milliy xiyobonlar ochilgan, restoran, kafe, suv havzasi va spa-salonlar faoliyati tiklangan.

21-mayda Turkiya madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy hukumatning Rossiya bilan aviaqatnovlarni iyul o‘rtalarida qayta tiklash mumkinligi haqida gapirgandi.

Worldometer statistika byurosi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada 4-iyun holati bo‘yicha koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha jami 166 ming 422 ta holat qayd etilgan, 4609 nafar bemor COVID-19’dan vafot etgan, 130 ming 852 nafar kishi kasallikdan tuzalgan.

Mart oyida Istanbul tibbiyot assotsiatsiyasi Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan rasmiy ma’lumotlar mamlakatdagi haqiqiy vaziyatga mos emasligini bildirgan. Tashkilot koronavirus bilan kasallanganlarning aksar qismining test natijalari “manfiy” deb yolg‘on axborot berilganini ma’lum qildi. Ularga muolajalar yozilgan, ammo ushbu kasallanganlar COVID-19 bo‘yicha rasmiy statistikaga kiritilmagan.

Shavkat Mirziyoyev 3-iyun kuni kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bosqichma-bosqich tashqi turizm va buyum bozorlari faoliyatiga ham ruxsat berish masalasiga to‘xtalib o‘tgan.

“1-iyundan boshlab ichki turizm rivojlanishiga e’tibor berdik. Shu bilan birga, tashqi turizmga ham. Qayer bizni qabul qilishga tayyor bo‘lsa, biz ham tayyor bo‘lamiz — darrov samolyotlarimizni uchiramiz. Mana, Turkiya bilan ham gaplashyapmiz, ular tashqi turizmni ochgach, biz ham ochamiz”,  — degan Shavkat Mirziyoyev.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Onlayn firibgarlik: fishing nima va undan qanday himoyalanish kerak?
Dunyo
Harbiy xizmatdan bosh tortganlik uchun 10 yilgacha qamoq: Putin safarbarlik yuzasidan qonun imzoladi
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak