Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Amerikalik UFC jangchisi Dastin Porye 2020-yilning sentabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan yengil vazn toifasining vaqtinchalik chempioni Jastin Getji va ushbu vaznda kamar sohibi Habib Nurmagomedov o‘rtasidagi jang haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: Yandex Photos

Foto: Yandex Photos

“Jastin — shubhasiz, kuchli va tajribali jangchi. Ammo Habibning kurash uslubi umuman boshqa narsa. Bu shunchaki, havaskor kurash emas.

Agar Getji to‘rdan uzoqroq tura olsa, Nurmagomedovga uni parterga o‘tkazish qiyin bo‘ladi. Ammo Habib uni to‘rga siqib olsa, u Getji bilan har narsa qilishi mumkin. Ammo oktagon markazida Getji unga muammolar tug‘diradi”, — deydi Porye.

Jastin Getji 10-may kuni UFC 249 musobaqasining markaziy jangida Toni Fergyusonni muddatdan oldin mag‘lub etgandi. Shundan so‘ng u Habib Nurmagomedov bilan jang qilish huquqini qo‘lga kiritdi.

Habib Nurmagomedovning UFC’dagi debyut jangini ko‘rganmisiz? (video)

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyaning Nyu-Yorkdagi bosh konsulligi binosi qizil bo‘yoqqa bo‘yaldi (video)
Mahalliy
“Yotoqxona ahvoli rahbarlarni qiziqtirmayapti, muammoni aytsak, bizni uydan quvib chiqarishadi”. Navoiyliklar xaroba yotoqxonada yashayotganini aytmoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 30-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar