G‘arbiy Qozog‘istonning Uralsk shahrida daraxt yonida “raqsga tushayotgan” ayiq videoga tushib qoldi. Video Visimskiy qo‘riqxonasi YouTube kanaliga joylandi.
Videoda jonivor daraxtga ishqalanib, qashinadi. U turli tomonga burilib, hatto o‘tirib-turadi. Shu sababli uning harakatlari raqsga tushayotgandek ko‘rinadi.
So‘ng qashinib olgan ayiq to‘rt oyoqlab kamera yonidan o‘tib ketadi.
Qo‘riqxona xodimlarining aytishicha, ayiqlar shu tarzda qishki yungining qolganini tushirib tashlaydi.
Izoh (0)