Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqand viloyatida kollej yotoqxonasi o‘rnida tashkil qilingan ijtimoiy uy kommendanti ushbu binodan bir xonali xonadon ajratishni va’da qilib, fuqaroni aldashga uringan. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Samarqand Agroiqtisodiyot kasb-hunar kolleji yotoqxonasi o‘rnida tashkil qilingan ijtimoiy uy komendanti L.B. fuqaro S.X.ning ishonchiga kirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali mazkur kollej yotoqxonasidan bir xonali xonadonni olib berish evaziga 4 ming AQSh dollari miqdorida pulni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan L.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Sezmagansiz ham: Film voqealaridagi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan qo‘pol xatolar (foto) 
Mahalliy
Qatar amiri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi (foto)
Karyera
Hokimiyat ularning qo‘llarida: Butun dunyoni boshqaradigan beshta oila (foto)