“Barselona” klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatga o‘z munosabatini bildirdi.
“Bu voqealardan keyin dunyo qanday bo‘lishini ko‘pchiligimiz bilmaymiz. Ushbu vaziyat qo‘qqisdan kelib, bizni hayratda qoldirganidan tashqari, ko‘pchilik uchun og‘ir vaqtlarni olib keldi, boisi bu hammaga ma’lum darajada ta’sir o‘tkazdi. Odamlar qarindoshlarini, do‘stlarini yo‘qotmoqda va hatto ular bilan tuzukroq xayrlasha olmayapti ham. Yaqinlarni yo‘qotishdan yomonroq narsa yo‘q. Menimcha, bu adolatdan emas. Futbol ham, hayot kabi oldingidek bo‘lmaydi”, — deydi Messi.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi tufayli Ispaniya La Ligasi mart oyining avvalida to‘xtab qolgandi. 11-iyundan esa chempionatni davom ettirishga ruxsat berildi. Hozirda ispan klublari mashg‘ulotlarni boshlab yuborgan.
Mavzuga doir: La Liga 28 va 29-tur taqvimini e’lon qildi. “Real” va “Barselona” qachon o‘ynashi ma’lum
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)