Londonning “Tottenhem” klubi “Barselona” yarim himoyachisi Filippe Koutinyoning transferidan voz kechdi, deya xabar bermoqda Marca.
Manbada aytilishicha, ingliz klubi futbolchining transferiga yetadigan mablag‘ga ega emas. Shuningdek, “shporlar”da Koutinyoga yiliga 15 million yevro maosh to‘lash imkoniyati yo‘qligi ham aytilmoqda.
Avvalroq 27 yoshli braziliyalik xavbekka Tumanli Albionning “Chelsi”, “Arsenal”, “Lester”, “Nyukasl” klublari tomonidan qiziqish bo‘lgandi.
Ma’lumot uchun, Koutinyo joriy mavsumni ijara asosida “Bavariya”da o‘tkazmoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)