Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaning Sankt-Peterburgdagi Tergov qo‘mitasi odam o‘g‘irlash jinoyati yuzasidan tergov harakatlarini olib bormoqda. Jinoyat sodir etganlikda gumonlanib 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, jinoyatchilar Shushara qishlog‘idagi uylardan birining yonida jabrlangan erkakning kelishini poylab turgan, shundan so‘ng g‘ayrli maqsadda unga tashlanib, mashinaga o‘tqazib, qurilish bo‘layotgan joyga olib ketgan. U yerda esa erkakni quruvchilar turadigan vaqtinchalik turar joyga qamab qo‘yishgan.

Shu kunning o‘zida jabrlangan erkak politsiya tomonidan qutqarilgan. Ayni paytda gumonlanuvchilarni hibsga olish va ularga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atish masalasi hal etilmoqda.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Qozog‘iston
Qozog‘istonda odamlar orasida Sibir yarasi aniqlandi
Shou-biznes
Ko‘z oldida onasi otasini otib tashlagan: fojiali voqealarni boshdan kechirgan mashhur ayollar (foto)
Mahalliy
Toshkentning yana qator hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi