O‘zbekiston adliya vaziriga ikki nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva ma’lum qildi.
Prezident qaroriga muvofiq, Bahrom Qo‘chqorov va Muzraf Ikromov adliya vazirining o‘rinbosarlari etib tayinlandi.
Mazkur tayinlovga qadar Bahrom Qo‘chqorov 2017-yil 5-maydan buyon O‘zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan.
Muzraf Ikromov 2019-yil 4-martdan buyon Qashqadaryo viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi. Unga qadar Muzraf Ikromov 2017-yil 14-avgustidan 2019-yil 4-martigacha O‘zbekiston Hisob palatasi raisi, 2015-yil 11-fevraldan 2017-yil 14-avgustga qadar O‘zbekiston adliya vaziri lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Izoh (0)