24-may, yakshanba kuni dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

Bo‘shab qolgan Makka shahri. Saudiya Arabistonida koronavirusga chalinganlar soni ortib ketgani bois harakatlanishga to‘liq taqiq qo‘yildi.

Foto: AFP

Indoneziyaning Sharqiy Yava orolida musulmonlar Hayit namozini uyda o‘qimoqda.

Foto: Reuters

AQShning Atlanta shahridagi avtokinoteatrda “Chag‘lar” filmini tomosha qilayotgan juftlik.

Foto: Getty Images

San-Paulodagi Vila Formoza qabristonida kovlab qo‘yilgan yangi qabrlar. Braziliya ayni vaqtda koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi bo‘lib turibdi. Kasallikdan vafot etganlar esa 22 mingdan oshdi.

Foto: AFP

Indoneziyaning Janubiy Kalimantan provinsiyasida musulmon erkaklar Hayit namozini masjidda o‘qimoqda.

Foto: Reuters

Indoneziyaning Achex provinsiyasida musulmon ayollar Hayit namozini masjidda o‘qimoqda.

Foto: Reuters

Ishchilar Madriddagi Plasa-Mayor maydonidagi stollar orasidagi masofani o‘lchamoqda. 25-maydan boshlab bu joylar tashrifchilar uchun ochilishi kutilmoqda.

Foto: Reuters

Tailandning Saraburi provinsiyasidagi naslchilik markazi xodimlari makakani ko‘zdan kechirmoqda.

Foto: Getty Images

Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘idagi Xevron shahrida bolalar o‘yinchoq to‘pponchalar bilan o‘ynamoqda.

Foto: AFP

Nyu-Yorkda shifokorlarni olqishlash vaqtida odamlar “Men Nyu-Yorkni sevaman” yozuvli plakatni silkitmoqda.

Foto: Getty Images

Afg‘on politsiyachilari Ramazon hayit bayramida Kobuldagi nazorat-o‘tkazish punktini nazorat qilmoqda.

Foto: Reuters

Filippinning Santo Tomas shahrida jala ostida qolgan bolalar.

Foto: EPA

Tanzaniyaning Dorussalom shahrida bug‘li ingalyatsion kabinadan chiqib kelayotgan ayol. Kabina tabib Msafiri Mjema tomonidan koronavirusning oldini olish uchun yasalgan.

Foto: AFP

Sidneydagi plyajda syorfing bilan shug‘ullanayotgan o‘smirlar.

Foto: Getty Images

Afg‘onistonning Lag‘mon viloyatida Ramazon hayit bayramida mashinaning bagajida ketayotgan bolalar.

Foto: Reuters

Nigeriyaning Nasarava shtatida Ramazon hayit bayramida mototsiklda ota-onasini kutayotgan bolalar.

Foto: Reuters

Britaniyada sirk artisti Katya Makgark o‘z bog‘ida mashg‘ulot o‘tkazmoqda.

Foto: Getty Images

Fransiyadagi Ill daryosida oqqush o‘z bolalari bilan suzmoqda.

Foto: AFP