20-may, chorshanba kuni dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.
Indoneziyaning Janubiy Tangerang shahrida Qurbon hayitiga mahsulot olish uchun navbatda turgan odamlar.
Foto: Rex
Janubiy Afrika poytaxti Pretoriyada hukumatdan mahsulotlar bo‘yicha yordam olish uchun navbatda turgan odamlar.
Foto: Reuters
Hindistonning Kalkutta shahriga kirib kelgan “Amfan” siklonidan jabr ko‘rgan nogiron erkakni qutqaruvchi politsiya xodimlari xavfsiz joyga olib ketmoqda.
Foto: Reuters
Filippindagi Keson-siti shahrida antitana uchun test topshirishga navbatda turgan odamlar.
Foto: Getty Images
Burundining Gitega shahrida saylovchilar prezidentlik saylovida ovoz berishidan avval ularga urnalar bo‘shligi ko‘rsatilmoqda. Mamlakat rahbari Pyer Nkurunziza 15 yillik faoliyatdan so‘ng ketmoqda.
Foto: AP Photo
Janubiy Koreyaning Tejon shahridagi katta maktablar ochilganidan so‘ng himoya oynalari orqali ajratilgan oshxonada tushlik qilayotgan o‘quvchilar.
Foto: AFP
Mavzuga doir: Xitoyda bir sutkada 5 kishida, Janubiy Koreyada esa 32 kishida koronavirus qayd etildi
Tailandning Bangkok shahrida zargarlik do‘koni yopilgan savdogar endilikda yo‘l ustida sartaroshlik qilmoqda.
Foto: EPA
Ispaniyaning Barselona shahridagi La-Barseloneta plyajida dengizga chiqishga hozirlanayotgan suzuvchilar.
Foto: Rex
Germaniyaning Sella-Melis shahrida mamlakatda Covid-19 tufayli vafot etgan insonlar xotirasiga chiroqlar yoqayotgan ayol.
Foto: AFP
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida barpo etilgan Adiblar xiyoboniga tashrif buyurib, Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘ydi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Mavzuga doir: Toshkentda Adiblar xiyoboni ochildi (foto)
AQShning Michigan shtatidagi Senford dambasidan kuchli yomg‘ir tufayli yuzaga kelgan suv chiqishi tasvirlangan surat.
Foto: Reuters
Pekinda o‘tkazilgan Milliy xalq kongressi doirasida tashkil etilgan Xitoy Xalq siyosiy konsultativ anjumaniga kirish oldidan koronavirusga test topshirayotgan xorijlik jurnalist.
Foto: Reuters
Shveysariyaning Yonen kommunasida paralimpiya sportchisi Sofiya Gonsales uyidagi bog‘da shug‘ullanmoqda.
Foto: Reuters
Pokistonning Karachi shahrida yumshatilgan tartib vaqtida vokzalda poyezdga chiqish uchun farzandi bilan birga navbatda turgan erkak.
Foto: Reuters
Saudiya Arabistonining Makka shahridagi Masjid al-Haram masjididagi Ka’ba yaqinida Laylatul Qadr kechasida ijtimoiy masofa saqlab duo o‘qib turgan odamlar.
Foto: Reuters
Mavzuga doir: Jahon banki koronavirus sababli 60 mlnga yaqin odam qashshoqqa aylanishini prognoz qildi
Vashingtondagi Oq uyning katta maslahatchisida Ivanka Tramp pandemiya sharoitida oziq-ovqat mahsulotlarining yetkazib berilishi bo‘yicha davlat zanjiri borasida gapira turib, stol ustidagi mahsulotlarga qaramoqda.
Foto: Reuters
Kanadaning Toronto shahridagi ko‘chalardan birida og‘zida olmaxonni olib ketayotgan tulki.
Foto: Reuters
Hindistonning Ahmadobod shahrida koronavirus tufayli joriy etilgan yopiq tartib yumshatilmoqda. Go‘zallik saloni kosmetologlari mijozlarga xizmat ko‘rsatmoqda.
Foto: Reuters
Prezident Shavkat Mirziyoyev Adiblar xiyoboni yonida tashkil etilgan Toshkent shahri muzeyi bilan ham tanishdi. Hozirgacha bu yerda mingga yaqin eksponatlar to‘plangan. Muzey fondini boyitish davom ettirilmoqda.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Avvalgi kunlarning fotogalereyalari:
- Karantindan chiqayotgan Yevropa, maktabga qaytgan bolalar, tomoshabinlarsiz futbol. 19-may suratlari
- O‘zbekistonda qayta tiklangan temiryo‘l reyslari, Turkiyada suzib yurgan delfinlar, ovqat olib kelayotgan dron. 18-may suratlari
- Yengillashayotgan karantin, Iroqda kutilgan Qadr kechasi, shlyapadagi it. 17-may suratlari
- Tobutga aylanuvchi karavot, shifoxonaga uyushtirilgan hujum, sigir bilan selfi. Hafta suratlari