21-may, payshanba kuni dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.
Pekinda tashkil etilgan Xitoy Milliy siyosiy konsultativ anjumanining ilk majlisiga kirib kelayotgan mamlakat rahbari Si Szinpin.
Foto: Reuters
Kolumbiyaning Letisiya shahrida tub aholi bo‘lmish Uitoto qabilasi vakillari yuzida niqob va milliy kiyimlarda turibdi.
Foto: AFP
32 yil avval mehmonxonada yo‘qolib qolgan Mao In onasi Li Szinchji bilan Xitoyning Shensi provinsiyasida diydorlashdi.
Foto: Reuters
Yaponiyaning Kagosima shahridagi Sakuradzima tog‘lari uzra H2B raketasidan qolgan izlar.
Foto: Reuters
Pekinda tashkil etilgan Xitoy Milliy siyosiy konsultativ anjumanining ilk majlisi oldidan Katta zalning chiqish eshiklarini fotosuratchiga ko‘rsatib turgan qo‘riqchi.
Foto: Reuters
Mavzuga doir: AQSh davlat kotibi Xitoy pandemiyaga qarshi kurash uchun 9 trln dollar ajratishi kerakligini aytdi
AQShning Florida shtatidagi Kliruoter plyaji qayta ochilib, odamlar unda vaqtlarini chog‘ o‘tkazmoqda.
Foto: Getty Images
Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida Ramazon Hayiti oldidan mushakbozlik uyushtirayotgan aholi vakili.
Foto: Rex
Hindistonning Midnapor shahrida “Amfan” siklonidan zarar ko‘rgan uyidan narsalarini olib chiqayotgan erkak.
Foto: AFP
Germaniyaning Fishbaxau shahridagi Birkenshtayn ibodatxonasi yaqinida diniy marosimga milliy kiyimlarda kelgan oila. Tadbir koronavirus tufayli bekor qilingan.
Foto: Getty Images
Yaponiyaning Osaka shahridagi Sinsekay tumanining odamlarsiz ko‘chasi. Mamlakat bosh vaziri Sindzo Abe g‘arbiy qismdagi ayrim hududlarda favqulodda vaziyatni bekor qildi.
Foto: EPA
AQShning Michigan shtati Midlend shahridagi Edenvill va Senford dambalari o‘pirilishi oqibatida Tittabavassi daryosi suvi shaharga oqib kirdi. Uyidan evakuatsiya qilingan keksalar karavotda o‘tiribdi.
Foto: Reuters
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga keldi hamda dastlab Oltinko‘l tumanidagi “Ko‘hna vodiy bahori” fermer xo‘jaligida bo‘lib, g‘alla va g‘o‘za rivojini ko‘zdan kechirdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Andijonda g‘o‘za qator oralariga soya ekish bo‘yicha topshiriq berdi
Suriyaning Idlib shahrida Ramazon Hayiti arafasida qochoq bolalarning sochlarini olib qo‘yayotgan Xalqaro yordam va taraqqiyot uyushmasining volontyor sartaroshlari.
Foto: Reuters
Hindiston sharqi va Bangladeshga kelgan “Amfan” sikloni sabab aksariyat aholi evakuatsiya qilindi. Biroq ayrim odamlar koronavirus xavfidan qo‘rqib, berilgan boshpanalarda turishni rad etdi.
Foto: Reuters
Germaniyaning Myunxen shahridagi balkonda maxsus tashkil qilingan stolchada ovqatlanayotgan malla olmaxon.
Foto: Reuters
Burundining Ngozi shahrida prezidentlik, qonunchilik organlari va kengashlarga saylovda ovoz berish uchun navbatda turgan odamlar. Koronavirus xavfiga qaramasdan siyosiy tazyiqlar ostida ommaviy to‘planishlar davom etmoqda.
Foto: Reuters
AQShning Vashington shahridagi Mishlen restorani ijrochi yordamchisi Jessi Douson manekenlar orasida kechki ovqatga hozirlanmoqda. Restoran yaqinda qayta ochiladi.
Foto: Reuters
Italiyaning Neapol shahrida restoranlari ochilishidan avval tibbiyot xodimlarini olqishlayotgan ishchilar.
Foto: Reuters
AQShning Lisburg shahrida koronavirusga test topshirish uchun navbatda terilib turgan avtomobillar.
Foto: Reuters
Parij yaqinidagi Kormey-An-Parizi tumanida dizayner tomonidan ovqatlanish joylaridagi xo‘randalar uchun maxsus ishlab chiqilgan himoya kapsulasi ichidagi ayol.
Foto: Reuters
Avvalgi kunlarning fotogalereyalari:
- Adiblar xiyoboniga kelgan Mirziyoyev, Makkadagi Laylatul Qadr kechasi, AQShda toshgan damba. 20-may suratlari
- Karantindan chiqayotgan Yevropa, maktabga qaytgan bolalar, tomoshabinlarsiz futbol. 19-may suratlari
- O‘zbekistonda qayta tiklangan temiryo‘l reyslari, Turkiyada suzib yurgan delfinlar, ovqat olib kelayotgan dron. 18-may suratlari
- Yengillashayotgan karantin, Iroqda kutilgan Qadr kechasi, shlyapadagi it. 17-may suratlari