Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkish Airlines aviakompaniyasi iyun oyida mahalliy va xalqaro reyslarni tiklashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sabah nashri xabar bermoqda.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Qayd etilishicha, mahalliy aviaqatnovlar 4-iyundan, xalqaro aviaqatnovlar esa 10-iyundan tiklanadi.

Kompaniya direktorlar kengashi rahbari Ilkar Oyjining ta’kidlashicha, yo‘lovchilarga samolyot saloniga qo‘l yuki olib kirish taqiqlanadi. Bu turdagi yuk uchun mo‘ljallangan 8 kilogramm asosiy bagaj og‘irligiga qo‘shiladi. Salonga faqat qo‘l sumkalarini olib kirishga ruxsat beriladi.

Avvalroq Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi 20-maydan boshlab dunyoning 31 mamlakati, xususan, O‘zbekistondan bo‘lgan tibbiyot turistlari uchun o‘z chegaralarini ochishini ma’lum qilgandi.

Jons Hopkins ma’lumotlarida qayd etilishicha, 21-may holatiga ko‘ra, Turkiyada 152 mingdan ortiq kishi koronavirusga chalingan, 4 222 kishi kasallikdan vafot etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk, avtomototransportni boshqa shaxsga o‘tkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi
Mahalliy
Elektr va gazdan shikoyat qilgan fuqarolarni qamoq bilan “ogohlantirgan” deputat o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozdi
Mahalliy
O‘zbekistonning katta qismida hafta oxiriga borib anomal sovuq bo‘lishi kutilmoqda