Butun dunyo bo‘ylab koronavirus pandemiyasining birinchi to‘lqinidan keyin ikkinchi to‘lqini boshlanishi mumkin. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich ma’lum qildi.
“Bu mamlakatlar bir-biri bilan hamjihatlikda yugurishi kerak bo‘lgan sprint. Virus har bir mamlakatda bor”, — deydi tashkilot vakili.
Vuynovichning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya dunyoning har bir burchagiga yetib bormaguniga qadar uni aniqlab bo‘lmaydi. JSST vakilining aytishicha, Rossiya pandemiyaning mamlakat ichida tarqalishini oldini olish uchun barcha chora-tadbirlarni qabul qilgan va kuchli epidemiologiya xizmati o‘z vaqtida kerakli qadamlarni tashlashga muvaffaq bo‘lgan.
Shunga qaramay koronavirusga chalinish xavfi hamon saqlanib qolmoqda.
Avvalroq Vuynovich Rossiyada koronavirus infeksiyasining tarqalish tezligi pasaygani mamlakat “barqarorlashuv fazasi”ga o‘tganini bildirishini ma’lum qilgandi.
Mavzuga doir: JSST koronavirus oqibatida yuzaga keladigan o‘lim darajasini yakuniy baholash shartlarini ma’lum qildi
Izoh (0)