O‘zbekistonda 19-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 11 kishiga ko‘payib, 2802 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilgan yangi kasallanish holatlarining 10 tasi xorijdan kelgan fuqarolarda (ulardan yetti nafari Rossiyadan kelgan, uch nafari xalqaro yuk tashuvchi mashina haydovchisi) hamda bittasi oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlangan.
Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma’lum qilishlaricha, hozirgi vaqtda O‘zbekiston kasalxonalarida 475 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan davolanmoqda, ulardan olti nafarining ahvoli og‘ir.
Avvalroq, 18-may soat 23:00 holatiga ko‘ra mamlakatda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq holatlar soni 2791 taga yetgani haqida xabar berilgan edi.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi ilk bor qayd etilganidan buyon 2314 kishi sog‘aydi, infeksiya asoratlari oqibatida 13 nafar bemor vafot etgan.
Izoh (0)