Bodega Rose dizayn-studiyasi Maison Margiela oyoq kiyimlari, Prada panamalari, Louis Vuitton sumkalari va Nike LDV Waffle krossovkalari asosida gultuvaklar va guldonlar ishlab chiqaradi, deb yozadi Esquire.
Barcha mahsulotlar oq keramikadan yaratilgan. Ular original mahsulot bilan ko‘rinishi va o‘lchami jihatidan bir xil.
Krossovka-tuvakka kichik gullar, xususan, kaktus ekish mumkin. Guldonga esa o‘rtacha o‘lchamdagi gullarni solish mumkin.
Izoh (0)