Italiyalik dizaynerlar Matteo Bastiani va Kyara Rivituzo camera60studio loyihasini ishga tushirdi hamda ushbu loyiha doirasida uydagi turli keraksiz qutilardan taniqli brendlar sumkalarining nusxasini yaratmoqda, deb yozadi Esquire.

Foto: Instagram / @camera60studio

Dizaynerlar sumkalar yasashda shokoladli batonchiklar, makkajo‘xori yormasi, Amazon yetkazib berish xizmati qutilaridan, chips folgasi va boshqa keraksiz narsalardan foydalanmoqda.

Masalan, dizaynerlar Dior’ning egar shaklidagi sumkasini Nike krossovkasining qizil-oq qutisidan yasadi.

Shuningdek, ushbu kolleksiyadan Jacquemus Le Chiquito mitti sumkasi va Prada Prime sumkasi ham o‘rin olgan.

Foto: Instagram / @camera60studio

Foto: Instagram / @camera60studio

Foto: Instagram / @camera60studio

Foto: Instagram / @camera60studio

Foto: Instagram / @camera60studio

Foto: Instagram / @camera60studio

Foto: Instagram / @camera60studio

Foto: Instagram / @camera60studio

Istalgan kishi ushbu sumkalarni uy sharoitida yasab ko‘rishi mumkin. Dizaynerlar o‘z saytida buning qanday qilinishini ko‘rsatgan.