Koronavirus pandemiyasi tufayli dunyo aholisining aksariyati uydan ishlashga o‘tdi. Majlislar, konferensiyalar, uchrashuvlar onlayn tarzda videoaloqa orqali o‘tkazilmoqda.
Yaponiyaliklar uyda ishlaydigan va tez-tez videoaloqa orqali muloqot qiluvchi xodimlar uchun qulay va bejirim kiyim yaratdi. Uydan ishlaganda xodimlar qulay kiyim kiygisi, shu bilan birga ishchi uslubini saqlab qolgisi keladi.
Yaponiyaliklar tomonidan sotuvga chiqarilgan kiyimning ustki qismi yoqali ko‘ylak yoki koftani, pastki qismi esa pijamasifat uy kiyimidek ishlangan. Kiyim erkaklarga ham ayollarga ham birdek mos tushaveradi.
“Uydan ishlash uchun pijama”ning ishlab chiqaruvchisi Whatever Inc kompaniyasi hisoblanadi.
Izoh (0)