Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 18-may, dushanba kuni 21 nafar bemor koronavirusdan sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati. Poytaxtda bugunning o‘zida sog‘ayganlar soni 37 kishiga yetdi. Bundan avval 18 nafar bemor sog‘aygani xabar berilgan edi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahrida shu paytga qadar 751 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 772 nafarga yetdi.
Shu kuni Samarqandda 21 kishi, Namanganda esa 7 kishi koronavirusdan tuzaldi. Shunday qilib, ayni paytda O‘zbekistonda jami sog‘ayganlar soni 2314 nafarga yetdi.
Kasallanganlarning umumiy soni esa 18-may soat 16:00 holatiga ko‘ra, 2779 nafarni tashkil qilmoqda. Shuningdek, Toshkentda koronavirusga chalingan samarqandlik bemor vafot etib, virus qurbonlari soni 13 nafarga yetdi.
Izoh (0)