Toshkent shahrida 16-may kuni soat 14:00 lar atrofida taksi haydovchisi uxlab qolishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.
Hodisa Mirzo Ulug‘bek tumani Mustaqillik shoh ko‘chasida yuz bergan. Nexia haydovchisi charchoq sabab uxlab qolib boshqaruvni yo‘qotgan va transport vositasi simyog‘ochga urilib, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib to‘xtagan.
Baxtli tasodif tufayli haydovchi tan jarohati olmagan. Transport vositasida yo‘lovchilar bo‘lmagan.
Eslatib o‘tamiz, Jizzax viloyatida haydovchilar uxlab qolishi tufayli 29-aprel va 8-may kunlari yo‘l-transport hodisalari yuz bergan, oqibatda haydovchilar va bir yo‘lovchi vafot etgandi.
Izoh (0)