Italiya hukumati futbol jamoalarining guruh bo‘lib mashg‘ulotlarga qaytish sanasiga oydinlik kiritdi, deya xabar qilmoqda Sport Mediaset.
A Seriya klublari 18-maydan boshlab umumiy guruh mashg‘ulotlarini boshlashi mumkin.
Bu haqda Italiya sport vaziri Vinchenso Spadafora ma’lum qildi.
Avvalroq Germaniya Bundesligasi joriy mavsumi 16-may kunidan qayta boshlanishi xabar qilingandi. Angliya Premyer Ligasi ham iyun oyidan start olish kutilmoqda. Ispaniyada esa jamoalar mashg‘ulotlarni boshlab yubordi. Fransiya chempionatining joriy mavsum muddatidan avval yakunlandi.
Mavzuga doir:
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)