Nemis futbol ligasi (DFL) rahbari Kristian Zayfert koronavirus sabab to‘xtab qolgan Bundesliga mavsumi qachon qayta boshlanishini ma’lum qildi.

Foto: Bundesliga

Ma’lum bo‘lishicha, Germaniya chempionati 16-may kunidan boshlab davom etadi. Mavsumni iyun oxiriga qadar tugatish ko‘zda tutilgan. Maqsad — chempionatni 27-28-iyunda yakunlash.

Avvalroq Germanya hukumati Bundesliga may oyining ikkinchi yarmidan davom etishi borasida qaror chiqargandi.

26-turda “Borussiya D” va “Shalke-04” jamoalari o‘rtasida Rur derbisi bo‘lib o‘tadi. Peshqadam “Bavariya” esa Berlinda “Herta” mehmoni bo‘ladi.

Bundesliga

26-tur bahslari

“Fortuna”—“Paderborn”

“Borussiya D”—“ Shalke-04”

“Leypsig”—“Frayburg”

“Hoffenhaym”—“ Herta”

“Kyoln”—“Mayns”

“Union”—“Bavariya”

“Ayntraxt”—“Borussiya M”

“Augsburg”—“Volfsburg”

“Verder”—“Bayer”

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!