Liga 1 matbuot xizmati Fransiya chempionatining so‘nggi 20 yil ichidagi eng yaxshi hujumchisini aniqlash uchun muxlislar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi.
So‘rovnoma finalida Didye Drogba “Milan” forvardi Zlatan Ibragimovichdan ustun keldi.
Ivuarlik sobiq futbolchi final yo‘lida Fernando Moryentes (“Marsel”, “Monako”), Aleksander Fray (“Renn”), Karim Benzema (“Lion”) va Pedru Pauletani (PSJ, “Bordo”) ortda qoldirgan.
Ibragimovich esa Mario Balotelli (“Nitssa”), Aleksandr Lyakazett (“Lion”), Kilian Mbappe (“Monako”, PSJ) va Edinson Kavanidan (PSJ) kuchliroq deb topilgan.
Eslatib o‘tamiz, Didye Drogba Fransiyada “Le-Man”, “Gengam” va “Marsel” jamoalarida to‘p surgan. Ibragimovich esa PSJda o‘ynagan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)