Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Amerikaning Apple va Google korporatsiyalari koronavirus tarqalishini kuzatishga mo‘ljallangan maxsus ilovaga oid ma’lumotlar bilan bo‘lishdi, deb xabar qiladi DW.

Foto: Pixabay

Foto: Pixabay

Dasturchilarning so‘zlariga ko‘ra, ilova geolokatsiya ma’lumotlaridan foydalanmaydi, biroq simsiz shaxsiy Bluetooth tarmoqlari texnologiyasi yordamida ishlay oladi. Bundan tashqari, u foydalanuvchilarning ma’lumotlaridan maqsadli reklama yo‘lida ishtalishni ko‘zda tutmaydi.

Ilova keyinchalik infeksiya aniqlangan foydalanuvchining qurilmasi yaqinida bo‘lgan barcha mobil telefonlarga maxsus xabarnomalar yuboriladigan tarzda dasturlanadi.

Matbuot anjumani vaqtida Google va Apple kompaniyalari vakillari mobil ilovani yaratishda faqatgina zarur bo‘ladigan texnik asoslar, shuningdek, uning interfeysi va dizayniga oid tavsiyalarni taqdim etishlarini ma’lum qildi.

Dasturiy ta’minotni ishga tushirish uchun javobgarlik alohida mamlakatlar sog‘liqni saqlash idoralariga yuklatilgan. Biroq anjuman vaqtida ushbu vazifa aynan qaysi idoralar zimmasiga tushganligiga aniqlik kiritilmagan.

Mobil ilova iOS va Android qurilmalarida ishlashga mo‘ljallangan. Undan ko‘ngilli ravishda foydalanish rejalashtirilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyalik milliarderlar yil boshidan buyon qariyb 100 mlrd dollar yo‘qotgan
Dunyo
Zaporojye AES bosh direktori Igor Murashov Rossiya asirligidan ozod qilindi
Mahalliy
“Jamoaga yordam bermaganlar uni yo‘q joydan qoralayotgani achinarli” — Sherzod Shermatov 819 mln so‘m sarflangan IT tadbiri haqidagi gaplarni “mayda g‘iybatlar” de...