Redmi brendi rahbari Lyu Veybing Weibo ijtimoiy tarmog‘ida Redmi Max 98 gigant televizorini sotib olganini ma’lum qildi. Bu haqda IXBT xabar bermoqda.
Diagonali deyarli 2,5 metr keladigan televizorni tashish uchun yuk mashinasi kerak bo‘ldi. Top-menejer yuk mashinasi ustida turgan televizorning suratini tarmoqqa joyladi.
Lyu Veybingning so‘zlariga ko‘ra, Redmi Max 98 ommalashib ketdi. U birinchi partiyadagi televizorlar birin-ketin o‘rnatilayotganini ma’lum qildi.
Nashrning qayd etishicha, Redmi Max 98’ning narxi 2800 dollar atrofida. Televizor 4K panelga, 4 GB tezkor, 64 GB flesh xotiraga ega.
Izoh (0)