• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Sen Yamaykadasan, tabassum qil!”. Kolumb kashf qilgan “Buloqlar mamlakati” haqida

    Yamayka deganda xayolimizga birinchi navbatda rekordchi sprinter Useyn Bolt, reggi musiqasi va albatta, afsonaviy Bob Marli keladi. 1494-yilning 3-may kuni dengiz sayohatchisi Xristofor Kolumb tomonidan kashf qilingan ushbu o‘lka haqida yana nimalarni bilamiz?

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Yamaykaning ochilishi

    1485-yilda portugal qiroli tomonidan Hindistonga dengiz orqali borishni nazarda tutuvchi loyihasi rad etilgan Kolumb Kastiliyaga ko‘chib o‘tdi. U yerda andalusiyalik savdogarlar va bankirlarning ko‘magi bilan hukumatning ekspeditsiyasini tashkil qilishga muvaffaq bo‘ldi. 1492-yil 12-oktabrda 90 kishidan iborat bo‘lgan birinchi sayohat davomida Kolumb Bagama orollari arxipelagida joylashgan San-Salvador oroliga yetib bordi. Kolumb o‘zining ikkinchi ekspeditsiyasini admiral unvoni bilan va yangi kashf etilgan yerlarning vitse-qiroli sifatida boshqardi.

    Ekspeditsiya 17 ta kema va 1,5 ming kishidan iborat ekipaj a’zosidan tashkil topgan edi. Kolumb 1493-yil 3-noyabrda Dominika va Gvadelupa orollarini, 20 ga yaqin Kichik Antil orollarini va Puerto-Riko orolini kashf etadi. Oltin ilinjida yana dengiz kezgan Kolumb 1494-yil 12—29-mart kunlari Gaitini fath qiladi. 29-aprel va 3-may kunlari esa uchta kema bilan Kubaning janubi-sharqiy qirg‘oqlari bo‘ylab suzib, Yamayka orolini ochdi.

    “Buloqlar mamlakati”

    Kolumb ushbu katta va chiroyli orol haqida Kuba hindularidan bilib olgan edi. U Yamaykaning nomini Santyago deb o‘zgartiradi. 1506-yilda orol Ispaniya tojiga beriladi va Kolumbga — keyinchalik uning oilasiga meros bo‘lib qoladigan — Yamayka Markizi unvoni beriladi. Tarix davomida Kolumb tomonidan orolga berilgan nom o‘rnashib qola olmadi, tillarda orolning mahalliy nomi qolaverdi. Yamayka — mahalliy aholining tilidan tarjima qilinsa, “Buloqlar mamlakati” degan ma’noni anglatadi.

    Kolumb qirolicha Izabellaga Yamaykani tasvirlab berish jarayonida o‘z hayajonini yashira olmay, qo‘lidagi bir varaq qog‘ozni g‘ijimlab tashlagani haqida yozma tarixiy manbalar bor. U Yamaykani o‘z ko‘zlari bilan ko‘rgan eng go‘zal diyor deb atagan. Ushbu orolning go‘zalligidan hayratga tushgan Kolumb o‘zining so‘nggi, to‘rtinchi ekspeditsiyasi paytida yana o‘sha yerga qaytib keladi va u yerda uzoq vaqt yashaydi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Bora-bora orol Kolumbning ko‘nglini qoldirdi, chunki u bu yerdan oltin topa olmadi. Orolni Ispaniyaning mulki deb e’lon qilgan Kolumb uni o‘z homiylari bo‘lmish ispan qirollik juftligi Ferdinand va Izabella sharafiga nomladi. Shundan so‘ng Yamaykaning shimoliy qirg‘oqlari bo‘ylab Kubaga qaytib ketdi.

    Kolumb bilan kelgan falokat

    Oroldagi birinchi ispan aholi punkti — “Santyago koloniyasi” 1509-yilda Muqaddas Anna ko‘rfazidan bir yarim kilometr g‘arbda tashkil etilgan. Biroq 15 yildan so‘ng u noqulay iqlim tufayli tashlab ketildi. Yamayka poytaxti esa bugungi kunda Sent-Ketrin deb ataladigan Santyago-de-la-Vega shahriga ko‘chirildi.

    Yamaykada qariyb 150 yil davom etgan ispanlarning hukmronligi orolning tub hindu aholisining butunlay yo‘qolib ketishiga olib keldi. Ispanlar kelgan paytda Yamaykada aravak deb ataluvchi hindu qabilalari istiqomat qilar edi, ularning soni qariyb 60 ming nafarga yetardi. Ispaniya hukmronligi davrida Yamaykadagi hindular deyarli butunlay yo‘q bo‘lib ketdi. 1611-yilga kelib orolda atigi 74 nafar hindu qolgan edi, xolos.

    Mintaqadagi qishloq xo‘jaligi ham endigina rivojlana boshlagan paytlarda ishlaydigan aholini yo‘qotib, tanazzulga yuz tuta boshladi. Endi plantatsiyalarda ishlash uchun Afrikadan ommaviy ravishda qul olib kelish boshlandi va Yamayka qul savdosining o‘tish joyiga aylandi. Yamaykada 1833-yilga kelibgina qullik bekor qilindi, aslida esa qullar yana besh yildan keyin ozod qilingan. Ispanlar bir yarim asr davomida orolni mustamlaka qildi. 1655-yilda esa uni inglizlar bosib oldi. Yamayka rasman 1670-yildan ingliz mustamlakasi deb e’lon qilindi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Gunohlar shahri

    Inglizlar Yamaykaning hozirgi poytaxti bo‘lmish Kingston shahridan uncha uzoq bo‘lmagan ulkan tabiiy portning qirg‘og‘ida katta istehkom qurdi. Qal’a yonida Port Royal shahri rivojlana boshladi. Tez orada u “butun nasroniy dunyosidagi eng gunohkor shahar” shon-sharafiga sazovor bo‘ldi, chunki dengiz qaroqchilarining “poytaxti” Tortuga orolidan Port Royalga ko‘chib o‘tgandi. XVII asr oxirida Port Royal shahrida sakkiz ming aholi istiqomat qilgan, ulardan bir yarim ming nafari dengiz qaroqchilari bo‘lgan.

    Qaroqchilar ispan kemalarini talon-toroj qilib, o‘z o‘ljalarini Port Royalga olib kelishardi, bu esa o‘z navbatida, shaharning gullab-yashnashiga olib keldi. Biroq 1692-yil 7-iyunda ro‘y bergan dahshatli zilzila natijasida “gunohkor shahar”ning katta qismi dengiz tubiga g‘arq bo‘ldi. Ispaniya katolik cherkovi “Xudo bu sharmanda shaharni gunohlari uchun jazoladi” deb xabar berdi.

    Ingliz mustamlakasi

    O‘sha vaqtga kelib inglizlar Yamaykada mustahkam o‘rnashib olgan va orolni katta shakar koloniyasiga aylantirgan edi. Yamaykada shakarqamish plantatsiyalari jadal rivojlanardi. Ko‘p plantatsiyalar orolning janubidagi tekisliklarda joylashgan bo‘lib, Yamaykaning ichki joylari chorva boqish uchun ishlatilgan. Yamayka sanoati shakar, shinni va mashhur Yamayka romini ishlab chiqargan.

    Orolda vaqti-vaqti bilan sodir bo‘lib turadigan qora qullarning isyonlari inglizlarni qattiq bezovta qilardi. XIX asr boshlariga qadar, taxminan, 150 yil davomida kamida 30 ta ana shunday qo‘zg‘olonlar ro‘y bergan. XVII asrning ikkinchi yarmidayoq Yamaykaning eng olis tog‘li va o‘rmonli joylarida maronlar — qullar va ularning avlodlari o‘zlarining davlatga o‘xshash uyushmalarini yaratgan. Ular chorva mollarini olib qochishar va boshqa talonchiliklarni sodir etardi. Natijada, inglizlar XVIII asrning oxirida maronlarni Afrikaga, xususan, Serra-Leonega deportatsiya qildi. Hozirgi Serra-Leone davlatining poytaxti bo‘lmish Fritaun shahriga aynan maronlar asos solgan edi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Qullikning bekor bo‘lishi va mustaqillik

    1831-yilda Yamaykada katta qo‘zg‘olon bo‘lib o‘tdi, unda 60 mingga yaqin qullar ishtirok etdi. Aynan shu qo‘zg‘olonlar Britaniya koloniyalarida qullikni bekor qilish bo‘yicha qarorlarni tezlashtirgan deb taxmin qilinadi. Chunki Britaniya mustamlakachilik ma’muriyatining G‘arbiy Hindiston bo‘limi boshlig‘i Genri Teylor keyinchalik bu haqda shunday izoh bergandi: “Bu dahshatli voqea quldorlikka qarshi qaqshatqich zarba berdi”.

    1833-yilda qullik bekor qilinganidan so‘ng Yamaykadagi ingliz plantatorlari uchun “qora kunlar” boshlandi. Qullarning ozod qilinishi Yamaykaning plantatsiya iqtisodiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Hindiston va Xitoydan pudrat ishchilarining olib kirilishi vaziyatni to‘g‘irlay olmadi. Yamaykada shakar ishlab chiqarish keskin pasayib ketdi. Bundan tashqari, Yevropada lavlagi shakar ishlab chiqarish hajmining ko‘payishi va Kuba hamda Yava orollarida shakar ishlab chiqarish hajmining o‘sishi tufayli raqobat kuchayib ketdi. Yamayka aholisi juda qashshoq ahvolda yashar edi.

    XX asrga kelib AQSh sarmoyasi natijasida Yamaykadagi iqtisodiy vaziyat tubdan o‘zgardi. Amerika kompaniyalari Yamaykadan banan, kakao, kofe va kokos yong‘og‘i kabi mahsulotlarni katta hajmlarda eksport qila boshladi. Amerikaliklar, shuningdek, Yamayka infratuzilmasi (temiryo‘l tarmog‘i)ni rivojlantirishga kirishdi. 1943-yildan Yamaykada umumiy saylov huquqi, 1944-yildan esa qisman o‘zini o‘zi boshqarish tizimi joriy qilindi. 1959-yilda Yamayka ichki o‘zini o‘zi boshqarish huquqiga ega bo‘ldi. 1962-yilning avgustida Buyuk Britaniya Yamaykaga mustaqillik berdi.

    Yamaykani hamisha tabassum bilan yodga olaman, chunki afsonaviy Bob Marli qo‘shig‘idagi “You’re in Jamaica, C’mon and smile!” (Sen Yamaykadasan: Tabassum qil!) so‘zlari qulog‘im ostida jaranglaydi. Ammo ushbu quvnoq o‘lka ham tarixda boshidan qonli davrlarni o‘tkazgan...

    Nurbek Alimov tayyorladi.

    04.05.2020, 19:07   Izoh (0)   41939
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ishdan olingan Darig‘a Nazarboyeva o‘rniga Qozog‘iston Senatining yangi spikeri tayinlandi

    04.05.2020, 18:02

    Tramp koronavirus vaksinasi yil oxirigacha tayyor bo‘lishiga ishonchi komilligini bildirdi

    04.05.2020, 13:12

    Tramp: “Xitoy koronavirus borasida katta xato qildi”

    04.05.2020, 12:14

    AP: Xitoy dori-darmon va himoya vositalarini to‘plab olishi uchun koronavirus haqidagi ma’lumotlarni yashirib kelgan

    04.05.2020, 11:59

    Dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 3,5 mln kishidan oshib ketdi

    04.05.2020, 11:12

    Olimlar koronavirus sabab kuzatilayotgan o‘lim holatlarining ko‘pligini D vitamini yetishmovchiligi bilan bog‘lamoqda

    04.05.2020, 08:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    “Orzudagi uy” — bugunoq zamonaviy uy egasi bo‘lishni istaganlar uchun ipoteka!


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    UZTELECOM Toshkentdagi IWTC 2025 da faol ishtirok etmoqda


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35

    AQSHdan ketadigan noqonuniy migrantlarga tekin aviachipta beriladi

    Dunyo | 11 may, 21:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.