• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin koronavirusga chalindi. U sog‘ayganidan keyin ham lavozimiga qaytmasligi mumkin

    Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin koronavirus bilan kasallangan. Bu haqda uning o‘zi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan suhbatda ma’lum qilgan. Meduza bosh vazirning koronavirus yuqtirib olgani va Rossiya hukumatida ushbu voqeadan keyin bo‘lgan, kutilishi taxmin qilinayotgan voqealar haqida ma’lumot berdi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    “Hozirgina koronavirusga men topshirgan test ijobiy natija beribdi. Shu munosabat bilan hamkasblarimga kasal yuqmasligi uchun ‘Rospotrebnadzor’ talabiga rioya qilgan holda ‘o‘zini yakkalash’ tartibiga o‘tishim, shifokorlar talablarini bajarishim zarur”, — degan Mishustin Putin bilan suhbat chog‘ida.

    Mishustin kasallikning qaysi bosqichda ekani haqida gapirmagan. “Exo Moskvi” bosh muharriri Aleksey Venediktov Telegram’dagi kanalida bosh vazirning isitmasi baland bo‘lib, harorati 39 darajada ekanini xabar qilgan. Mishustinning matbuot kotibi Boris Belyakov hukumat rahbarining tibbiyot muassasasida davolanishini ma’lum qilgan.

    Mishustin yo‘qligida bosh vazir vazifasini vaqtincha bajarish uning birinchi o‘rinbosari Andrey Belousov zimmasiga yuklandi. Mishustinning o‘zi ushbu nomzodni tavsiya qilgan va hukumatning ishi o‘z tartibida davom etishini bildirgan. Mishustin koronavirusga chalinganini e’lon qilganidan yarim soat o‘tar-o‘tmay Putin Belousovni vaqtincha bosh vazir lavozimiga tayinlash haqidagi farmonni imzolagani e’lon qilingan.

    Meduza’ning Rossiya hukumatiga yaqin suhbatdoshi Mixail Mishustinning bosh vazir kursisini qayta egallamasligi mumkinligini inkor etmadi. U bosh vazir vazifasini bajarish Andrey Belousov zimmasiga Prezident farmoni bilan yuklatilganiga e’tibor qilgan. Rossiya hukumati to‘g‘risidagi federal konstitutsion qonunning 8-moddasi bo‘yicha bosh vazir yo‘qligida uning o‘rinbosarlaridan biri hukumatga rahbarlik qiladi va vakolatni topshirish uchun alohida Prezident farmoni imzolanishi shart emas (vakolatlarni taqsimlash bo‘yicha yozma rasmiylashtirish talab qilinadi xolos). Bosh vazir vazifasini bajarish bo‘yicha Prezident farmoni amaldagi hukumat rahbari lavozimni tark etgan taqdirdagina qabul qilinadi va o‘rinbosarlaridan biri-ikki oy muddatga ijro organiga rahbarlik qiladi. Bundan tashqari farmon matnida vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi degan so‘z birikmasi umuman ishlatilmagan. Bunga qadar bosh vazirlar ta’tilga chiqqan yoki kasal bo‘lgan vaqtida alohida Prezident farmoni chiqarilmagan. Boshqa tomondan olganda esa bosh vazir iste’fosi hukumatning ham tarqatib yuborilishini anglatadi, Putin bilan videoaloqa tarzidagi muloqotda Mishustin Vazirlar mahkamasining o‘z tartibida ishlashda davom etishiga urg‘u berdi. Bunday holatda Prezident farmonini “yozma ravishda vakolatlarning bo‘lib berilishi” sifatida baholash mumkin, unga ko‘ra Belousov bosh vazir yo‘qligida uning vazifalarini bajarib turadi.

    Prezident administratsiyasiga yaqin boshqa bir manba ham Mishustin sog‘ayganidan keyin boshqa lavozimga o‘tishini taxmin qilgan.

    “U sobiq soliqchi sifatida moliyaviy oqimlar qayerga va qanday ketishini yaxshi biladi, biroq Mishustin boshqa maqsadda ijro organi rahbari bo‘lgandi, ya’ni milliy loyihalar uchun mablag‘lar qayerga sarflanayotganini nazorat qilishi kerak edi, endi inqiroz sabab budjetda muammolar mavjud. Hozir vaziyat boshqacha, iqtisodiyot pandemiya sabab o‘tirib qolgan va uni turg‘azish zarur. Mishustin bu ishni uddalaydigan odam emas. Xato qilmadi, shunchaki hozir uning vaqti emas”, — deya Meduza’ga fikrlarini bildirgan suhbatdosh.

    Administratsiyadagi boshqa bir kishi esa bosh vazirning o‘z lavozimiga qaytishini taxmin qildi.

    Rossiya Federatsiyasi prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham ushbu voqealarga munosabat bildirib, Mishustinning tuzalganidan keyin bosh vazirlikka qaytmasligi haqidagi xabarlarni safsata deb atadi.

    Mishustinning so‘nggi vaqtlarda qaysi amaldorlar bilan bevosita ko‘rishib gaplashgani haqida ham rasmiy ma’lumot berilmagan. Bosh vazir matbuot kotibi Boris Belyakov muloqotda bo‘lganlar ko‘p emasligi va ularning barchasi izolyatsiya qilingani hamda test topshirishini bildirgan.

    Hukumatdagi manba Vazirlar mahkamasida xodimlarning aksar qismi masofadan ishlashga o‘tgani va bosh vazir bilan bevosita muloqot qiluvchilarning soni kamligini tasdiqlagan. Hukumatda oxirgi vaqtlarda o‘tkazilgan majlislarning hammasi videokonferensaloqa tarzida bo‘lib o‘tgan, Mishustin ularda bilvosita Oq uydagi kabinetidan turib raislik qilgan. Hukumat uyidagi barcha xodimlar har kuni koronavirusga test topshirib turgan.

    01.05.2020, 06:15   Izoh (0)   35504
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Reuters: Tramp OPEK+ kelishuviga erishish uchun Saudiya Arabistoniga tahdid qilgan

    01.05.2020, 05:36

    Bitkoinning narxi bir sutkada 18 foizga oshib, 9200 dollarga yetdi

    01.05.2020, 00:31

    Norozi sartaroshlar, 100 yoshli toshbaqa, ko‘chadagi “o‘lim ma’budi”. 30-aprel suratlari

    30.04.2020, 23:58

    Britaniyada epidemiya cho‘qqisidan o‘tdi. Hukumat karantin choralarini yumshatish rejasini tayyorlamoqchi

    30.04.2020, 23:32

    JSST vakili organizmda antitana borligi infeksiya xavf solmasligini anglatmasligini ma’lum qildi

    30.04.2020, 22:56

    Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustinda koronavirus infeksiyasi aniqlandi

    30.04.2020, 22:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.