Amerikalik paleontologlar Yer sayyorasi tarixidagi eng xavf joy nomini ma’lum qildi. Bu 100 million yil oldingi Sahroyi Kabir bo‘lgan. U yerda yirtqich hayvonlar, jumladan, uchar reptiliya va timsohsimon hayvonlar yashagan, deb yozadi SciTechDaily.
Mutaxassislar bu kabi xulosaga qariyb yuz yillik izlanishlar natijasini tahlil qilgandan so‘ng kelgan. Ilmiy ishlarda Marokash janubi-sharqida yashagan va hozir ham yashab kelayotgan umurtqali hayvonlarning qoldiqlari o‘rganilgan.
“Bu, taxminimizcha, Yer sayyorasi tarixidagi eng xavfli joy bo‘lgan, inson bu yerda uzoq vaqt yashay olmagan bo‘lardi”, — deydi tadqiqot mualliflaridan biri, Ueyn universiteti biologiya kafedrasi dotsenti Nizar Ibrohim.
Mazkur hududda 100 million yil avval katta daryo tizimi bo‘lgan bo‘lib, unda turli suv va quruqlikda yashovchi hayvonlarni uchratish mumkin bo‘lgan. Ular orasida eng mashhur yirtqich uch dinozavr — akula tishli karxarodontozavr (uzunligi 8 metrdan oshgan, tishining kattaligi esa 20 santimetrga yetgan), tez yuguruvchi deltadromeus (uzunligi qariyb 8 metr), shuningdek, ko‘plab uchar yirtqich pterozavr va timsohsimon hayvonlar ham bor.
Suvda esa tishlari xanjarni eslatuvchi akulaga o‘xshash juda xavfli yirtqich yashagan.
Izoh (0)