Toshkent vaqti bilan 28-aprel soat 16:15 da Afg‘oniston hududida zilzila yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lum qildi.
Xabar berilishicha, zilzila markazi Afg‘oniston hududida, Toshkent shahridan 537 kilometr janubi-sharqda, 100 kilometr chuqurlikda joylashgan. Zilzila kuchi uning markazida 5,4 magnitudani tashkil qilgan.
Ma’lum qilinishicha, yerosti silkinishlarining kuchi O‘zbekiston hududida sezilmagan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi zilzila O‘zbekistonda sezilmaganini ma’lum qilgan bo‘lsa-da, “Daryo” mushtariylari, internet foydalanuvchilari zilzila sezilganini bildirdi. Xususan, “Daryo” mushtariylari ham zilzilani sezgani haqida xabar berdi.
Izoh (0)