Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov mamlakatda COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlar may oyining o‘rtalariga borib eng yuqori cho‘qqisiga chiqishini taxmin qilmoqda. Bu haqda u “AIF.ru”ga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Italiya va Ispaniyada koronavirus tarqalishining kritik davri bir yarim oy davom etgan. “Biz ham may oyining o‘rtalariga borib, ushbu platoga yetishimiz kerak. Shundan so‘ng yoz faslining birinchi oyidan ancha yengillashadi. Va hozirgi barcha qiyinchiliklar unut bo‘lib ketadi”, — deydi Peskov.

Avvalroq Rossiya Federal tibbiy-biologik agentligi rahbari, sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Veronika Skvorsova mamlakatda COVID-19 koronavirus infeksiyasi aprel oyining oxirlariga borib o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqishini ma’lum qilgandi.

Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada koronavirus epidemiyasi boshlanganidan beri davlat rahbari Vladimir Putin ushbu mavzuga shu qadar chuqur kirib ketgan va u borgan sari ekspert virusolog bo‘lib shakllanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 87 ming kishidan oshib ketdi. Mamlakat COVID-19 bilan kasallanishlar soni bo‘yicha Xitoydan oldinga o‘tib, dunyoda to‘qqizinchi o‘ringa chiqib olgan. Hozirga qadar butun Rossiya bo‘ylab 794 kishi koronavirus qurboniga aylangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekistonda yashil energetika davri boshlanganiga uch yil boʻldi. Nimalar oʻzgardi?
Mahalliy
Fotoreportaj: Prezident tashrifiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Namangan
Sport
Lionel Messi Krishtianu Ronalduning rekordini yangiladi