Prezident qarori bilan 24-aprel, juma kuni, Behzod Normatov O‘zbekiston energetika vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Behzod Normatov bunga qadar Energetika vazirligining Geologiya, neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi. Ungacha “Andijonneft” AJ boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan.
Qayd etilishicha, avvalroq ushbu lavozimda ishlab kelgan Umidjon Isroilov boshqa ishga o‘tganligi sababli lavozimidan ozod etilgan.
O‘zbekiston Energetika vazirligi Prezidentning 1-fevral kungi qarori bilan tashkil etilgan.
Izoh (0)