Qozog‘istonda 20-aprel holatiga ko‘ra, yana 24 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tengrinews.
Shunday qilib, mamlakatda COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 1735 kishiga yetdi, 19 kishi virus qurboniga aylangan. Shuningdek, 401 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan. Ayni vaqtda COVID-19 holatlari mamlakatning quyidagi hududlarida qayd etildi:
- Nur-Sulton — 381;
- Olmaota — 525;
- Qizilo‘rda viloyati — 149;
- Atirau viloyati — 80;
- Qarag‘anda viloyati — 93;
- Oqmo‘la viloyati — 82;
- Olmaota viloyati — 44;
- Turkiston viloyati — 60;
- Jambil viloyati — 61;
- Aqto‘be viloyati — 27;
- Shimoliy Qozog‘iston viloyati — 30;
- Chimkent — 71;
- Sharqiy Qozog‘iston viloyati — 8;
- G‘arbiy Qozog‘iston viloyati — 63;
- Pavlodar viloyati — 30;
- Ko‘stanay viloyati — 19;
- Mang‘istov viloyati — 12 ta holat.
Mavzuga doir: Qozog‘istonda 2,7 milliondan ortiq odamga 42 500 tengedan ijtimoiy nafaqa to‘lab berildi
Izoh (0)