Kanadaning Yangi Shotlandiya provinsiyasidagi Portapik shahrida sodir bo‘lgan otishma oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda CBC telekanali xabar berdi.
Huquq-tartibot idoralari ushbu holatni terrorizm bilan bog‘lamayapti. Halok bo‘lganlar orasida 23 yoshli politsiya xodimi ham bor, shuningdek, yana bir huquq-tartibot organi vakili jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 18-aprel kuni 51 yoshli Gabriel Uortman Portapikda otishma uyushtirgan. Avvalroq politsiya mergan qo‘lga olinganini ma’lum qilgan bo‘lsa, keyinroq u halok bo‘lganini bildirdi.
Erkak politsiyachilarniki kabi mashinada, politsiya formasiga o‘xshash kiyimda bo‘lgan. Biroq Uortman huquq-tartibot organi xodimi bo‘lmagan va uning mashina nomeri xizmat avtomobillarinikidan farq qilgan.
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo politsiyachilarga minnatdorchilik izhor etib, halok bo‘lganlarning oilalariga ta’ziya bildirdi.
Izoh (0)