La Liga rahbariyati, Ispaniya futbol federatsiyasi (RFEF) va Sport Oliy kengashi (CSD) Ispaniya chempionatining joriy mavsumini yakunlab qo‘yish bo‘yicha kelishib oldi, deya xabar qilmoqda Marca.
Ta’kidlanishicha, 18-aprel kuni CSD prezidenti Iren Losano, RFEF rahbari Luis Rubiales va La Liga prezidenti Xavyer Tebas o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Sakkiz soat davom etgan majlisda tomonlar Primea joriy mavsumini oxirigacha yakunlab qo‘yish va muddatidan avval to‘xtatmaslik qaroriga kelgan.
Eslatib o‘tamiz, Yevropada Belarus chempionatidan boshqa barcha ligalar koroanvirus pandemiyasi sabab to‘xtab qolgan.
Mavzuga doir: Yevropa Chempionlar Ligasi 7-avgustda qaytadan boshlanadi. O‘yinlar har uch kunda o‘tkaziladi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)