Qozog‘istonning Chimkent shahrida 15-aprel, chorshanba kuni, koronavirusga chalingan yana bir bemor vafot etdi, deb xabar bermoqda “Informburo.kz”.
Qayd etilishicha, vafot etgan shaxs 65 yoshli erkak bo‘lib, bu shu kuni qayd etilgan ikkinchi o‘lim holatidir.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda koronavirus bilan bog‘liq birinchi o‘lim holati 26-mart kuni qayd etilgandi. Shundan buyon mamlakatda umumiy hisobda koronavirusdan 16 kishi vafot etdi. Ayni paytda kasallanganlar soni 1 267 kishini tashkil qilmoqda. Shuningdek, 203 nafar bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.
Avvalroq Qozog‘iston prezidenti prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakatda 16-martdan joriy etilgan favqulodda holat rejimini aprel oyi oxirigacha uzaytirishga qaror qilgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)