• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Koronavirus — eng qo‘rqinchlisi emas. Markaziy Osiyodagi epidemiyalar tarixi

    Bugun butun dunyo COVID-19 kasalligi bilan kurashish uchun harakat qilmoqda. Pandemiya Markaziy Osiyo xalqlari uchun qanchalik tanish? Tarix avval bunday vaziyatga duch kelganmi? “Daryo” kolumnisti Jahongir Ostonov XIX—XX asrlarda Turkistonda yuz bergan epidemiyalar, xususan, vabo tarixi haqida ma’lumot beradi.

    Foto: Wikipedia

    7-aprel BMT tomonidan Butunjahon salomatlik kuni deya e’lon qilingan. 1948-yil shu kuni JSST ustavi kuchga kirgan kun 1950-yildan boshlab xalqaro sana sifatida nishonlanib kelinmoqda. JSST har yili mazkur sana munosabati bilan maxsus mavzuda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib boradi. Masalan, o‘tgan yili “Sog‘liqni saqlash xizmatlari ko‘rsatishning umumiy qamrovi” mavzusida targ‘ib qilingan edi.

    Bu yilgisi o‘zgacha bir vaziyatga to‘g‘ri keldiki, butun dunyo COVID-19 kasalligi bilan kurashish uchun harakat qilmoqda. Hozirga kelib to‘rt milliard odam butun dunyoda izolyatsiyada qolmoqda. Afsuski, bu kasallik bugun Markaziy Osiyoni, jumladan, O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmadi. Bugunga kelib O‘zbekistonda kasallikni yuqtirib olganlar soni 1000 tadan oshib ketdi, to‘rt nafar bemor vafot etdi. Mana shunday vaziyatda kutilgan bu yilgi Butunjahon salomatlik kuni munosabati bilan bugungi maqolamizni XIX—XX asrlarda Turkistonda yuz bergan epidemiyalar, xususan, vabo (xolera) epidemiyasi tarixiga qisqacha nazar tashlashga bag‘ishlaymiz.

    XIX asr birinchi choragida Hindistonda paydo bo‘lgan vabo — ingichka ichakning zararlanishi, intoksikatsiya, umumiy ahvolning og‘irlashuvi va organizmning suvsizlanishi bilan davom etadigan o‘tkir infeksion kasallik; o‘ta xavfli ichak kasalliklaridan. Turmush sharoiti og‘irlashgani sababli aholi boshqa yerlarga ko‘chib keta boshlaydi. Natijada, Yevropa, keyinchalik Birma, Xitoy, Eron, Afg‘oniston, Yaponiya hamda Rossiyaga tarqab ketadi. Turkiston o‘lkasiga esa, asosan, Eron, Afg‘oniston va Rossiya orqali kirib keladi. Rossiyada vabo 1823-yildan 1925-yilgacha 55 marta qayd etiladi.

    Turkiston o‘lkasida 1872—1923-yillar orasida xolera epidemiyasi takrorlanishdan to‘xtamadi. O‘sha yillar oralig‘ida 12 marta xolera epidemiyasi Turkiston o‘lkasini qamrab oldi. Markaziy Osiyoda bu epidemiyalar o‘ziga xos sharoitda yuzaga keldi. 1865-yil ruslar tomonidan Toshkentning egallanishidan keyin 1867-yildan boshlab Markaziy Osiyoning ruslar tomonidan egallangan hududlarida Turkiston general-gubernatorligi tashkil etildi.

    Shu paytdan boshlab Turkiston Rossiyaning ajralmas qismi sifatida to‘g‘ridan to‘g‘ri boshqaruv ma’muriyatiga bo‘ysunar edi. Turkistonda ham o‘sha davrga xos bo‘lgan koloniyalardagi hududlarni segregatsiya qilish amaliyoti joriy etildi. Bu narsa Toshkentda ham amalga oshirildi. Bunda Bo‘zsuv kanali shaharni ikki qismga, yevropaliklar va mahalliy aholi yashaydigan qismga ajratib turardi. Ammo 1872-yilgi epidemiya segregatsiya siyosatini qayta ko‘rib chiqish va o‘zgartirish zarurati yetib kelganini ko‘rsatib berdi.

    Chunki “ko‘rinmas maxluq” chegara bilmas, millat, din tanlamas edi. O‘sha davrda sog‘liqni saqlash tizimining katta qismi faqat ko‘chmanchilar va ularning oilalarigagina ko‘rsatilar, mahalliy aholiga esa juda kam o‘rin ajratilgan edi. Shunday sharoitda 1880-yillar oxirlarida bir nechta progressiv qarashdagi va nemis ijtimoiy tibbiyotidan ruhlangan rus shifokor ayollari Chernyayevda mahalliy ayollar va bolalar uchun 10-20 o‘rinli kichik dispanserlar tashkil qilishga ruxsat oldi. Ammo o‘sha paytlarda gigiyena masalasi ham og‘riqli muammo edi.

    Foto: Wikipedia

    1872-yilgi, keyin 1892-yilgi epidemiyalar kolonial sog‘liqni saqlash tizimining o‘zgartirilishiga olib keldi. Rasmiylar aholini ushbu dahshatli vabodan xabardor qilish uchun an’anaviy jamiyatning turli ustunlariga, oqsoqollar, imomlar va hokazolarga murojaat qilishga majbur bo‘ldi. Vaboning avj pallasi Turkistonda 1872 va 1892-yillarga to‘g‘ri keldi. 1872-yilgi epidemiya 72 205 nafar odamni olib ketgan bo‘lsa, 1892-yilgisida 47 520 kishi halok bo‘ldi. O‘liklarning an’anaviy dafn qilish maqsadida yashirilishi vafot etganlar sonining aniq hisob-kitobini olishga imkon bermagan.

    Toshkent markaz bilan iqtisodiy aloqalar kuchliligi sababidan eng ko‘p kasallik qayd etilgan shahar bo‘ldi. Qiyoslash uchun, 1865-yilda Toshkentda 70 ming aholi istiqomat qilar edi. Bu raqam 90-yilga kelib 107 705 mahalliy aholi, 12 981 rus millatiga mansub aholi va 10 289 nafar rus harbiylarini tashkil qilardi. Turkistonning markaziy viloyatlari kamroq zarar ko‘rgan bo‘lsa-da, 1892-yilga kelib bu yerlarda ham 38 ming kishini hayotdan olib ketdi.

    O‘sha paytlarda kasallikning keng yoyilib ketishiga temiryo‘l xizmatining ishga tushirilishi ham sabab bo‘ldi. Jumladan, 1888-yilda Kaspiyorti temiryo‘li Samarqandgacha yetib keldi. 1892-yilgi epidemiya mazkur temiryo‘l orqali Erondan kirib keldi.

    Temiryo‘l orqali Turkistonga tashib keltirilgan yo‘lovchilar yildan yilga oshib bordi: 1899-yilda 442 900 yo‘lovchi, 1907-yilda 1 934 162 nafar, 1908-yilda 2 709 926 nafar va 1909-yilda 2 981 953 nafar yo‘lovchi olib kelindi. XX asr boshiga kelib vaboning tarqalishi shimoldan janubga, g‘arbdan sharqqa qarab kengayib bordi. Rossiyaning markazi va g‘arbidagi epidemik vaziyat Turkistonga o‘zi bilan kasallikni olib kelgan yo‘lovchilar oqimiga sabab bo‘ldi. 1908-yildan 1921-yilgacha yuz bergan to‘rtta xolera epidemiyasi Rossiyadan kelgan edi.

    “Vabo isyoni”

    1892-yil sodir bo‘lgan vabo nafaqat tibbiy-sanitar inqirozni, balki siyosiy-ijtimoiy inqirozni ham keltirib chiqardi. O‘sha yili Toshkentda tarixga “Vabo isyoni” nomi bilan kirgan qo‘zg‘alon bo‘lib o‘tdi. 1892-yil 2-iyun kuni “Turkistanskoye vedemosti” gazetasining 22-sonida kasallik tarqalishi munosabati bilan uning oldini olish maqsadida barcha amal qilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar haqida rus va o‘zbek tillarida ma’lumotlar e’lon qilindi.

    Zudlik bilan general-gubernator Alexandre Vrevski kasallikka qarshi kurash komissiyasi tuzishni va Yevropa shaharlarida amalda bo‘lgan choralarni qo‘llashni buyurdi. O‘sha paytlarda epidemiyalarga qarshi kurashning asosan empirik, ya’ni tajribadan o‘tgan, ammo ilmiy asosga ega bo‘lmagan usullaridan foydalanilar edi. Ko‘pincha kasallar shifoxonaga yotqizilmadi va bu kasallik xavfini yanada kuchaytirdi. Tibbiy vositalarning yetishmasligi, inson resurslarining kamligi vaboga qarshi kurashni qiyinlashtirdi.

    “Vabo isyoni”.

    “Vabo isyoni”.
    Foto: Wikipedia

    Isyonning boshlanishiga mustamlakachi hukumat tomonidan ko‘rilgan majburiy choralar sabab bo‘ldi. Ular dafn marosimlarini taqiqlash, ohak va simob xlorid bilan majburiy dezinfeksiya qilinishi, jasadlar, buyumlar va shaxsiy jihozlarning yoqib yuborilishi kabilar edi. Bundan tashqari, shahardagi 12 ta eski qabriston berkitilib, o‘rniga to‘rtta yangi qabriston ochilishi e’lon qilindi. Amalda esa bittasi ochildi. Shahardan chiqib ketish taqiqlandi. Bozorlarning yopilishi asosiy daromadi savdodan bo‘lgan mahalliy aholining ahvolini og‘irlashtirdi.

    Kasallik tarqalishidan bir necha kun o‘tib eski shaharda jazo amaliyotida qatnashgan rus harbiylari va ularning oilasi yashayotgan mahallalarga ham kirib bordi. Eski shaharda Chor hukumati ma’murlarining dezinfeksiya maqsadida simob xloriddan katta miqdorda foydalangani sababli aholi orasida zaharlanib, o‘lish holatlari kuzatildi. Bu esa qo‘zg‘alon boshlanishiga sabab bo‘ldi. Yuqorida aytganimizdek, majburiy dezinfeksiya, kasallangan fuqarolarning buyumlarining yoqib yuborilishi, vafot etgan kishilarning janoza marosimlarisiz, umumiy qabrlarda ohak solib ko‘mib yuborilishi aholi orasida kuchli norozilik keltirib chiqardi.

    “Vabo isyoni” mustamlakachi hukumat boshqaruvining zo‘ravonlik va majburlashga asoslanganini yana bir bor ko‘rsatib berdi. Vaholanki, bu paytga kelib bakteriologiya sohasida yetarli yutuqlarga erishilgan, hatto vaboga qarshi vaksina ishlab chiqilgan edi. Ammo Chor hukumati vaksinani ishlatishdan bosh tortadi. Xolera haqida yetarli tasavvurga ega bo‘lmagan mahalliy aholi esa unga xurofot nazari bilan qaradi va ba’zida imperialistlarning quroli sifatida baholadi.

    Bir qarashda qo‘zg‘alon vaboga qarshi ko‘rilgan choralarga qarshi ko‘tarilgandek tasavvur uyg‘otsa-da, uning sabablari chuqurroq edi. Chor ma’muriyating bosqinchilik siyosati va milliy zulmiga, repressiv va mustamlaka aholisini epidemiya paytlarida himoya qilishga qodir bo‘lmagan boshqaruv ma’muriyatiga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘alon edi.

    Vabo va koronavirus orasidagi vaqt, ijtimoiy muhit va siyosiy tuzumlar turlicha bo‘lsa-da, ularning o‘xshash tarafi chegara bilmasligidir. Nafaqat chegara, balki til, din, irq tanlamasligi, boy-u kambag‘alligiga qaramasligidir. Mana shunday murakkab vaziyatlarda hukumat tomonidan to‘g‘ri qarorlar qabul qilinishi va odamlarning bu qarorlarga to‘g‘ri munosabat bildirib, aytilgan choralarga amal qilishi muhim omil ekanini unutmaslik lozim.

    Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin.

    14.04.2020, 17:05   Izoh (0)   275579
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    O‘zsanoatqurilishbank ESG Business jurnalining nufuzli mukofotlariga sazovor bo‘ldi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    BENKAM Germaniyadagi xalqaro ko‘rgazmada O‘zbekistonning sanoat va sayyohlik salohiyatini namoyish etmoqda


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Uzbekistan Airways Toshkent va Namangandan Yekaterinburgga to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni taklif etadi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Xon Saroy qurilish kompaniyasi navbatdagi loyihasini o‘z egalariga topshirdi!

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    “Hattoki davlat byudjeti ham korrupsiya bilan ijro etiladi”. O‘zbekistonda poraxo‘rlik va tanish-bilishchilik qachon yo‘qoladi?

    04.10.2024, 11:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Makron Ukrainaga qancha harbiy yuborilishi mumkinligini aytdi

    Dunyo | 11 may, 19:21

    Shri Lankada ziyoratchilar bo‘lgan avtobus jarlikka quladi. Qurbonlar bor

    Dunyo | 11 may, 18:35

    Hindiston va Pokiston bir-birini sulhni buzganlikda aybladi

    Dunyo | 11 may, 18:04

    Rossiya 30 kunlik sulh uchun shart qo‘ydi

    Dunyo | 11 may, 17:35

    Vazirlar Mahkamasi binosi madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilishi mumkin

    O‘zbekiston | 11 may, 17:05

    “Bavariya” “Real” hamda “Barselona”ning rejalarini barbod qilishi mumkin

    Sport | 11 may, 17:03

    Mashhur otasining xohishiga qarshi chiqqan, 3 farzandli bo‘lsa ham Anna Kurnikovaga uylanmagan Enrike Iglesias 50 yoshda

    Layfstayl | 11 may, 16:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.