Angliya Premyer Ligasi klublari koronavirus sabab mavsum to‘xtatiladigan bo‘lsa, qancha miqdordagi puldan quruq qlishi ma’lum bo‘ldi.
Britaniyaning Daily Mail nashri APL klublarining telehuquqlar, reklama va o‘yinlar kunidagi daromadidan kelib chiqqan holda yo‘qotishlarni hisoblab chiqdi.
Unga ko‘ra, “Manchester Yunayted” eng ko‘p miqdorda pul yo‘qotadi (116,4 million funt). Keyingi o‘rinlarni “Manchester Siti” (109,3) va “Liverpul” (102,6) egallagan.
Mavsum to‘xtatiladigan bo‘lsa APL klublari yo‘qotadigan pullar:
- “Manchester Yunayted” — 116,4 million funt (telehuquqlar — 48 million, o‘yin paytidagi daromad — 17,6 million, reklama — 50,8 million)
- “Manchester Siti” — 109,3 mln (53,5 mln; 13,9 mln; 41,7 mln)
- “Liverpul” — 102,6 mln (55,2 mln, 13,6 mln; 33,8 mln)
- “Chelsi” — 91 mln (49,3 mln; 10,9 mln; 30,9 mln)
- “Tottenhem” — 83 mln (41,9 mln; 16,8 mln; 24,3 mln)
- “Arsenal” — 74,8 mln (40 mln; 15,4 mln; 19,4 mln).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)