Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda koronavirus karantini e’lon qilingan 16-martdan buyon bugungi kunga qadar karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 22 286 ta holat aniqlandi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

IIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, eng ko‘p — 3 778 ta qoidabuzarlik Toshkent shahrida qayd etilgan. Toshkent viloyatida esa bunday holatlar soni 2 203  tani tashkil etmoqda. Respublika bo‘yicha aniqlangan qolgan qoidabuzarliklar esa quyidagicha:

  • Farg‘ona viloyatida — 2 762 ta;
  • Samarqand viloyatida — 2 183 ta;
  • Qashqadaryo viloyatida — 1 636 ta;
  • Namangan viloyatida — 1 578 ta;
  • Jizzax viloyatida — 1 469 ta;
  • Andijon viloyatida — 1 326 ta;
  • Surxondaryo viloyatida — 1 250 ta;
  • Sirdaryo viloyatida — 1 151 ta;
  • Buxoro viloyatida — 1 015 ta;
  • Navoiy viloyatida — 282 ta;
  • Xorazm viloyatida — 869 ta;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 784 ta holatni tashkil etmoqda.
Eslatib o‘tamiz,  Shavkat Mirziyoyev epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzganda javobgarlik kuchayishi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Qonunga ko‘ra karantin qoidalarini buzganlik uchun jazo kuchaytirildi va jarimalar miqdori bir necha barobarga oshirildi. Yuqumli kasallik haqida yolg‘on ma’lumot tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda avtohalokat sodir etib, bir kishining o‘limiga sabab bo‘lgan YHXB xodimi jazosiz qolayotgani aytilmoqda
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat xizmatchilari majburiyatlari hamda uni tartibga solish bo‘yicha aniq mexanizmlar belgilanmoqda
Dunyo
“Afg‘on xalqining sabri bilan o‘ynashmang” — “Tolibon” qo‘mondonlaridan biri Eronni bosib olish bilan tahdid qildi