SNN telekanali jurnalisti Jessika Leng karantin tufayli sujetni uyida tayyorlashga majbur bo‘ldi. Biroq to‘g‘ridan to‘g‘ri efirni uning otasi buzib qo‘ydi. Kulgili video jurnalistning Twitter’dagi sahifasida e’lon qilindi.
Jessika onasidan operator vazifasini bajarishni so‘ragan.
“Oyi, nima qilyapsiz?” — dedi u otasini to‘xtatishga urinayotgan onasining harakatlarini ko‘rib.
Keyinroq jurnalist futbolkasi ko‘tarilib qolgan otasini kadrda ko‘rib qoladi.
Work from home they said, it’ll be fine they said. pic.twitter.com/e2eK6IH6r5
— Jessica Lang (@jessdlang) March 28, 2020
Izoh (0)