Futbol bo‘yicha AQSh oliy divizionida ilk bor koronavirus yuqtirib olish holati kuzatildi.
“Filadelfiya Yunion” futbolchisining tahlili COVID-19 virusiga ijobiy natija bergan. Ta’kidlanishicha, o‘yinchida yengil alomatlar sezilgan.
“Shuni ma’lum qilmoqchimizki, “Filadelfiya” o‘yinchisida koronavirus saniqlandi. Klub shifokorlari sog‘liqni saqlash tibbiyot vakillari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlikda ishlamoqda. Hozirda u o‘zini yaxshi his qilmoqda va yaxshi kayfiyatda bo‘lib turibdi. O‘yinchi muhim bo‘lgan izolyatsiya qoidalarini bajarmoqda. Klubdagi boshqa hech kimda virus aniqlanmagan", — deyiladi klub bayonotida.
2-aprel holatiga ko‘ra AQShda koronavirus yuqtirib olganlar soni 215 mingdan oshib ketdi (dunyoda 1-o‘rin). 5100 dan ortiq kishi vafot etgan.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)