Balenciaga eng qimmat brendlardan biri sifatida yaxshi ma’lum. Demna Gvasaliyaning dizaynerlik ishlari namunasi bo‘lgan ushbu brenddan kiyinishni istamagan inson bo‘lmasa kerak.

Foto: People Talk

People Talk nashrining ma​lum qilishicha, brendsevarlar uchun Balenciaga yangi, qulay shippaklarni taqdim qilgan. To‘rtburchak shaklda, charm bilan pardozlangan ushbu shippaklar oltin yo kumushdan ishlanmagan bo‘lsa-da, ularning narxi kishini taajjubga soladi: 418 AQSh dollari. Bu qariyb 4 million so‘mga teng degani.

Foto: People Talk

Hypebae portalining yozishicha, ushbu shippakni nafaqat uyda, balki ko‘chada ham kiyish mumkin.