O‘zbekistonda 30-mart kuni soat 06:00 dan shaxsiy transportdan foydalanishga cheklov qo‘yilgani haqida xabar berilgandi. “Yandeks” xaritasi Toshkentning biror-bir ko‘chasida tirbandliklar kuzatilmayotganini ko‘rsatmoqda. Bu haqda Telegram’dagi FarLives kanali ma’lum qildi.

“Yandeks” xaritasida shahardagi tirbandlikni ko‘rish mumkin. Kecha kunning ikkinchi yarmida 2 ballni ko‘rsatgan tirbandlik tunda 0 ballga tushdi. Hatto ertalab hamma ko‘chaga chiqadigan paytda ham bugun 0 ball. Bu — yaxshi”, — deyiladi xabarda.

Skrinshot: “Yandeks”

Avvalroq Ichki ishlar vazirligi avtotransport vositalari harakati cheklanishi hamda ruxsatnoma stikeri bo‘lmagan avtomashina haydovchilariga qanday jazo qo‘llanishi haqida ma’lumot berdi. Maxsus stikersiz avtomobil boshqargan huquqbuzar fuqarolarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi asosida jarima qo‘llaniladi. Bu kabi huquqbuzarliklar bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Skrinshot: “Yandeks”

Skrinshot: “Yandeks”