“Yuventus” klubi yaqin orada futbolchilarining maoshini kamaytirishi mumkin.
Iqtisod bo‘yicha magistrlik diplomiga ega, jamoa himoyachisi Jorjo Kyellini rahbariyatga koronavirus sabab yuzaga kelgan inqiroz vaqtida maoshlarni kamaytirishni maslahat bergan, deya xabar qilmoqda Tuttosport.
Italiyalik futbolchi bu masalani “Yuventus”ning tajribali va nomdor o‘yinchilari, shuningdek, turinliklar rahbarlari — Andrea Anyelli va Fabio Paratichi bilan muhokama qilgan.
Jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu Kyellini bilan uchrashuvdan so‘ng maoshining deyarli 4 million yevrosidan voz kechishini ma’lum qilgan. Ronalduning maoshi yiliga 31 million yevroni tashkil etadi, u shuning 3,8 millionidan voz kechdi.
Mavzuga doir:
- “Barselona” koronavirus sabab xodimlari ish soati va maoshini kamaytirdi
- “Yuventus” Pogbani qaytarish uchun “Manchester Yunayted”ga 60 mln yevro va bir futbolchisini taklif qiladi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)