“Roma”da ijara asosida harakat qilayotgan, transfer huquqi esa “Manchester Yunayted”ga tegishli bo‘lgan himoyachi Kris Smolling kelasi mavsum ham A Seriyada qolishi mumkin, deb yozadi Gazzetta dello Sport.
30 yoshli futbolchining xizmatlariga “Inter” va “Yuventus” jiddiy qiziqib qolgan. “Manchester Yunayted” Smollingni sotib yuborishga tayyor. Buning uchun xaridor klub 20 million yevro to‘lasa bas.
“Roma” ham Krisni o‘z safida olib qolishga qarshi emas, biroq klub inglizlar so‘rayotgan mablag‘ni to‘lay olmaydi.
Joriy mavsum futbolchi A Seriyaning 21 ta o‘yinida ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)