Daryo

“Barselona” koronavirus sabab xodimlari ish soati va maoshini kamaytirdi

Pandemiya vaqtida “Barselona”ga tegishli sport obyektlari Kataloniya sog‘liqni saqlash departamenti ixtiyoriga topshiriladi

1 daqiqa o‘qish29 328 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter

“Barselona” futbol klubi koronavirus sabab inqirozga qarshi choralarni qo‘llashini ma’lum qildi.

Foto: Twitter

Klub barcha xodimlar uchun ish soatini qisqartirdi va shunga mos ravishda maoshlar ham kamaytirildi.

“Barselona” qo‘llayotgan chora mehnat qonunchiligaga muvofiq va mutanosib. Bizning maqsad — klub faoliyatini iloji boricha tezroq qayta tiklash”, — deyiladi klub bayonotida.

Bundan tashqari, pandemiya vaqtida “Barselona”ga tegishli sport obyektlari Kataloniya sog‘liqni saqlash departamenti ixtiyoriga topshiriladi. Mavzuga doir: 27-mart holatiga Ispaniyada koronavirusga yo‘liqqanlar soni 57,5 mingdan oshdi. 4300 nafardan ortiq kishi vafot etgan.
Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar