Daryo

“Maska yo‘q”, karantindagi to‘y, “uyda qoling” aksiyasi. 20-mart suratlari

20-mart, juma kuni, dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz

3 daqiqa o‘qish196 980 ko‘rishlar0 izoh0
Italiyalik juftlik koronavirus tufayli to‘yini bekor qilmaslikka qaror qildi. To‘yda faqat kelin-kuyov va guvohlar ishtirok etdi. Foto: Reuters

20-mart, juma kuni, dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

Xitoyning Uxan shahridagi bolalar shifoxonasida hamshira koronavirusga chalingan chaqaloqqa qaramoqda.Foto: Reuters

Mavzuga doir: Xitoyning Xubeydan tashqari boshqa hududlarida koronavirus bilan kasallangan 282 bemor qoldi

Hindistonning Jammu shahridagi bo‘shab qolgan bozor dezinfeksiya qilinmoqda. Hukumat dorixona va oziq-ovqat do‘konlaridan boshqa barcha muassasalarni yopishga buyruq berdi.Foto: EPA
Toshkent shahridagi aksariyat dorixonalarning eshiklarida shu kunlarda uchratish mumkin bo‘lgan yozuv.Foto: “Daryo”

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 33 nafarga yetdi

Karantin tufayli uyidan chiqolmay qolgan belgiyalik ota-bola.Foto: Reuters
Italiyalik juftlik koronavirus tufayli to‘yini bekor qilmaslikka qaror qildi. To‘yda faqat kelin-kuyov va guvohlar ishtirok etdi.Foto: Reuters

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 21-martdan choyxona va oshxonalar yopiladi, 23-martdan to‘ylarning o‘tkazilishi bekor qilinadi

Shri-Lankadagi liq to‘la avtobusda ketayotgan niqob taqqan yo‘lovchilar. Shri-Lankada koronavirusga chalinganlar ko‘payishi ortidan dam olish kunlari komendantlik soati e’lon qilindi.Foto: Reuters
Uch karra Olimpiada chempioni bo‘lgan yaponiyalik sportchilar — Saori Yoshida va Tadaxiro Nomura olimpiya mash’alasi bilan.Foto: AFP

Mavzuga doir: Tokio—2020 Olimpiadasi o‘z vaqtida bo‘lib o‘tadi

Ispaniyalik o‘t o‘chiruvchilar shlanglar yordamida “Uyda qoling” yozuvini yozdi. Ispaniya koronavirus yuqtirib olganlar soni bo‘yicha Xitoy va Italiyadan keyin 3-davlat bo‘lib turibdi.Foto: EPA

Mavzuga doir: Butun dunyo shifokorlari odamlarni uyda qolishga chorlab chellenj boshladi (foto)

Indoneziyaning Surabaya shahrida juma namoziga chiqqan musulmonlar.Foto: EPA

Mavzuga doir: O‘zbekiston Musulmonlari idorasi koronavirus daf bo‘lishi uchun tavsiya qilingan duolar va amallarni e’lon qildi

Bolgariyaning “Iroda” partiyasi rahbari Veselin Mareshkin va uning partiyasi deputati parlamentdagi debatlarda himoya kostyumida o‘tiribdi.Foto: Reuters
Avstraliyada futbol bo‘yicha mamlakat chempionatining navbatdagi turi doirasidagi o‘yin “yopiq eshiklar” ortida o‘tdi. Shu sababli muxlislar stadion tashqarisidan turib jamoasini qo‘llab-quvvatladi.Foto: EPA

Mavzuga doir: Karantin vaqtida qaysi xorijiy filmlarni tomosha qilish mumkin?

Tel-Avivda o‘t o‘chiruvchi avtoturargohni dezinfeksiya qilmoqda.Foto: AFP
Toshkentdagi jamoat transportlari haydovchi va konduktorlari ham niqob taqmoqda.Foto: “Daryo”

Mavzuga doir: Uchtepalik ayol tibbiy niqoblarni tikib, bepul tarqatmoqda (video)

Britaniyaning Chester shahridagi hayvonot bog‘ida yangi tug‘ilgan fil bolasi ommaga namoyish etildi.Foto: PA Media
Braziliyadagi binolardan birining devoriga mamlakat prezidenti Jair Bolosanaruning niqobdagi portreti tushirildi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, prezident dastlab koronavirus pandemiyasiga “fantaziya” deb baho bergan. Endi uning o‘zi ham shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.Foto: EPA

Mavzuga doir: “Menga ta’sir qilmaydi, menga tegishli emas ekan, deganlar xato qiladi”. Prezident koronavirusga qarshi ogohlikka chaqirdi

Yangi Moskvada koronavirusga chalinganlikda gumon qilinayotgan bemorlar uchun yangi yuqumli kasalliklar shifoxonasi qurilmoqda. Shifoxona 500 o‘ringa mo‘ljallangan.Foto: “TASS”

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemorlar sog‘aymoqda

Floridada koronavirus xavfi tufayli plyajlar yopildi.Foto: EPA
Tashlab yuborilgan atirgullar. Koronavirus pandemiyasi tufayli Keniya gullarni Yevropaga jo‘nata olmayapti.Foto: Reuters

Mavzuga doir: Avstraliyadagi to‘yda 31 kishi koronavirusni yuqtirib oldi

Fransiyaning Syuren kommunasidagi bolalar maydonchasida o‘rindiqni dezinfeksiya qilayotgan ishchi.Foto: Reuters
Xitoyning Yanjchou shahridagi bog‘da o‘sib chiqqan bahor gullari.Foto: Getty Images
Avvalgi kunlarning fotogalereyalari:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar