19-mart, payshanba kuni, dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

Rimda boshpanasi yo‘q odam Qiziq Xoch xodimlari bilan suhbatlashmoqda. Koronavirus tufayli uysizlarning ham ahvoli og‘irlashmoqda. Ularga qolgan ovqatlarni beradigan restoranlar yopilgan, sadaqa berishi mumkin bo‘lgan odamlar ham uy karantinida. Shu sababli Qizil Xoch uysizlarga yordamni kuchaytirmoqda.

Foto: Reuters

Moskvadagi Qizil maydonda G‘alaba paradiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.

Foto: “TASS”

Britaniyaning Xarpenden shahridagi do‘konning bo‘sh peshtaxtalari orasidan o‘tayogan xaridor.

Foto: Reuters

Janubiy Koreyada o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘ldi.

Foto: EPA

Indoneziyadagi savdo markazi liftida koronavirus xavfi tufayli bir-biridan ma’lum bir masofada turgan odamlar.

Foto: Reuters

Istanbuldagi Nuruusmoniya masjidi dezinfeksiya qilinmoqda.

Foto: Anadolu Agency

Germaniyaning janubiy hududlarida bodom gulladi.

Foto: EPA

Rio-de-Janeyrodagi Iso masih haykaliga koronavirusdan aziyat chekkan davlatlarning bayrog‘i tushirildi. Haykalning chap qo‘lida O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘rish mumkin.

Foto: Getty Images

Qirolicha Yelizaveta II koronavirus xavfi tufayli Londonni tark etib, Vindzor qal’asiga ko‘chib o‘tmoqda.

Foto: PA Media

Ko‘ngillilar Iroqning Mosul shahrida kuchli yog‘ingarchilikdan so‘ng yuzaga kelgan toshqinlardan jabrlangan, yordamga muhtoj odamlarni izlamoqda.

Foto: Reuters

Shotlandiyadagi “Bler Drammond” safari-parkida o‘tgan yili noyabrda tug‘ilgan sher bolalari ommaga namoyish etildi.

Foto: PA Media

Shavkat Mirziyoyev koronavirus pandemiyasining aholi turmush darajasi va iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor o‘tkazdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Gonkong aeroportida niqob taqib, yuzini polietilen sellofan bilan to‘sib olgan yo‘lovchi. Endi Gonkongga kelgan barcha 14 kun davomida karantinga olinadi.

Foto: EPA

Italiya aholisi karantin vaqtida balkonda badantarbiya bilan shug‘ullanmoqda.

Foto: Reuters

Venadagi metro eskalatoridan tushib kelayotgan yolg‘iz yo‘lovchi.

Foto: Reuters

Braziliya prezidenti Jair Bolosanaru koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha mamlakatda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida tibbiy niqobini to‘g‘rilab olmoqda.

Foto: Reuters

Mayamidagi aeroport avtoturargohida turgan taksilar. Koronavirus tufayli turizm katta yo‘qotishlarga uchramoqda.

Foto: Reuters

Birmingemdagi itlar poygasi.

Foto: PA Media

Milanda shamolda uchib ketayotgan qo‘lqop.

Foto: Getty Images

Frankfurtda tonggi yugurishga chiqqan erkak.

Foto: AP Photo