16-marta kuni taxminan soat 22:30 da Yunusobod tumani Kichik halqa avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyoda halok bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Lacetti rusumli avtomobilda 36 yoshli haydovchi piyodani urib yuborgan.
YTH natijasida 59 yoshli piyoda tan jarohati olgan. Olgan jarohatlari oqibatida fuqaro shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan. Toshkent shahar IIBB marhumning yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.
Yo‘l-tranposrt hodisasi haydovchi tartibga solinmagan piyodalar yo‘lakchasidan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani ko‘rmay qolgani oqibatida yuzaga kelgan.
Mavzuga doir: Samarqandda bir kunda qoidabuzarlarning 123 ta avtomobili jarima maydonchasiga joylashtirildi
Izoh (0)