Braziliya Senati raisi Davi Alkolumbre koronavirusga chalindi. “RBK”ning yozishicha, bu haqda mamlakat Parlamentining yuqori palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Getty Images

Senatdan ma’lum qilishlaricha, Alkolumbre uyda bo‘lib turibdi, kasallik og‘ir asoratlarsiz kechmoqda.

Davi Alkolumbre koronavirus yuqtirib olgan ikkinchi senator bo‘ldi. Avvalroq Xalqaro aloqalar va milliy mudofaa qo‘mitasi raisi Nelsinyo Trada ham koronavirusga chalingandi. U Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru bilan AQShga tashrifi davomida kasallangan.

Dastlab Braziliya prezidentining koronavirus bo‘yicha topshirgan tahlil natijalari ijobiy chiqqani aytilgan bo‘lsa, ikkinchi marta topshirgan testi salbiy natijani ko‘rsatgan. Unda kasallik aniqlanmagan.

AQSh prezidenti Donald Tramp ham koronavirusga test topshirgan. Unda ham kasallik aniqlanmagan.

Koronavirus jahon siyosatchilari oilasini ham chetlab o‘tmayapti. Xususan, Ispaniya va Kanada bosh vazirlarining rafiqalarida ham koronavirus aniqlangan.

Shuningdek, amerikalik aktyor Tom Xenksda ham koronavirus aniqlangan.