“Orzu haqida rekviem” (Requiem for a Dream), “Aleksandr” filmlaridagi rollari bilan yulduzlikka erishgan Jared Leto o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali COVID-19 koronavirusi borasidagi vaziyat bu qadar keskin tus olganidan bexabar qolganini tan oldi, deb xabar beradi “Kinopoisk”.
“12 kun oldin sahroda tinch meditatsiyani boshlagan edim. Biz to‘liq izolyatsiyalangan edik. Hech qanday telefon, boshqa aloqa vositalari ishlatilmadi. Kompleksdan tashqarida sodir bo‘layotgan voqealar haqida tasavvurga ham ega emas edik.
Kecha esa mutlaqo boshqa dunyoga kelib qoldik. Butunlay o‘zgargan dunyoga. Yumshoqroq aytgancha, “miya portlab ketdi”. Dunyoning turli nuqtalaridagi do‘stlarim va yaqinlarimdan xabarlar kelmoqda va boy bergan narsalarim bilan tanishmoqdaman. Barchaga ijobiy energiya nurlarini yuboryapman. Ichkarida, xavfsizlikda qoling”, — deb yozadi aktyor.
Mavzuga doir: Koronavirus sabab Arnold Shvarsenegger ham uyda o‘tiribdi, biroq zerikish yo‘q: u kuchugiga qo‘l yuvishni o‘rgatyapti (video)
Izoh (0)