Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQShda “Oltin malina” mukofoti sovrindorlari aniqlandi, deb xabar berdi Cosmopolitan.

Foto: Cosmopolitan

Mukofotning bosh sovrindorlari 66 yoshli Jon Travolta va 32 yoshli Xilari Daffga nasib qildi.

Hamma aktyorlar olishga qo‘rqadigan ushbu mukofot 1980-yilda ta’sis etilgan. Mukofot eng yomon loyihalarga beriladi. Joriy yilda “Eng yomon aktrisa” nominatsiyasida “Sheron Teyt arvohlari” filmidagi roli uchun aktrisa Xilari Daff g‘olib bo‘ldi.

Xilari Daff Sheron Teyt rolida.

Xilari Daff Sheron Teyt rolida.
Foto: Cosmopolitan

Aktrisa o‘z o‘limi haqidagi vahiylardan aziyat chekuvchi homilador ayol obrazini yaratgan. Ushbu nominatsiyada Enn Xeteuey, Francheska Xeyuord, Tayler Perri va Rebel Uilsonlarniing ham nomzodi ko‘rsatilgan edi.

Foto: Cosmopolitan

Tahqirlovchi mukofotni Jon Travolta ham qo‘lga kiritdi. “Ishqiboz”, “Yelkama-yelka” filmlaridagi ijrolari unga “Eng yomon aktyor” nominatsiyasidagi ikkinchi “Oltin malina”ni olib keldi.

2001-yilda ham aktyor “Baxtli raqamlar” va “Jang maydoni: Yer” filmlaridagi rollari uchun eng yomon aktyor sifatida e’tirof etilgan edi.

Rejissor Tomas Xuperning “Mushuklar” myuzikli joriy yilda eng ko‘p “Oltin malina”ni qo‘lga kiritdi. Kartina “Eng yomon film”, “Eng yomon ikkinchi darajali aktyor”, “Eng yomon ikkinchi darajali aktrisa”, “Eng yomon rejissor”, “Eng yomon ssenariy”  va “Eng yomon ekran kombinatsiyasi” nominatsiyalarida taqdirlandi.

O‘tgan yili Donald Trampga ham “Oltin malina” berilgan edi. “Joker” filmi bilan qiziq vaziyat kuzatildi: Film “Oskar”ga ham, “Oltin malina”ga ham nomzod sifatida ko‘rsatildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Virjiniyadagi bitiruv marosimida ikki kishi halok bo‘ldi
Qo‘ziqorin
Amerikalik ayol ikki oy ichida ketma-ket ikki marta lotereyada 1 mln dollar yutib oldi
Dunyo
Gaagada Ukrainaning Rossiyaga qarshi da’vosi yuzasidan tarixiy sud bo‘lib o‘tmoqda